Los-Anjyelesdagi osmono‘parda shishali tepalik ochiladi

Jamiyat 18:38 / 24.06.2016 4005

Los-Anjyelesdagi eng baland osmono‘parda shishali tepalik ochiladi, deb xabar bermoqda Reuters. Yangi attraksion 25 iyun kuni barcha uchun ochiq bo‘ladi.
Skyslide loyihasi 305 metr balandlikda qurildi. Sirpanchiq AQSh Bankining 70 qavatidan 73 qavatiga qadar o‘rnatildi.

Tashrif buyuruvchilarga 69-qavatdagi platformada sirpanchiq uchish ham taklif qilinadi. U ham osmono‘par tashqarisida bunyod etilgan. Tepalikning balandligi 14 metrni tashkil etadi. U qalinligi 3,2 sm. bo‘lgan shishadan ishlangan.

Ko‘proq yangiliklar: