Loran Blan "PSJ" klubi bilan shartnomani bekor qildi

Sport 08:00 / 24.06.2016 5236

Fransiyaning "Pari Sen-Jyermen" futbol klubi bosh murabbiyi Loran Blan klub bilan shartnomani bekor qildi va 22 mln yevro miqdorida tovon puli oladi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, "PSJ" rahbariyati 50 yoshli Blanni iste'foga ketkazishga qaror qildi va bu haqda u bilan kelishuvga erishdi. Blanning shartnomasi 2018 yilgacha amal qilgan, shuning uchun unga 22 mln yevro miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Blan klubda 2013 yildan boshlab ishlab kelgan. Uning qo‘l ostida klub uch marotaba Fransiya chempioni, ikki marotaba Fransiya Kubogi sohibi, uch marotaba Frantsuz ligasi kubogi va superkubogida g‘olib bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: