Londonda dunyodagi eng uzun va baland tunnelli tepalik attraksioni ochilmoqda

Jamiyat 20:26 / 24.06.2016 6726

Londonda 24 iyunda dunyodagi eng uzun va baland tunnelli tepalik attraksioni ochilmoqda. Bu haqda Conde Nast Traveler xabar berdi.

Attraktsion uzunligi deyarli 180 metrni tashkil qiladi. Tepalikdan tushish 72 metr balandlikda boshlanadi.

Tunnelli Tepalik Olimpiya bog‘ida joylashgan. U Anish Kapur va Sesil Belmond tomonidan loyihalangan ArcelorMittal Orbit tomosha minorasi va haykaliga o‘rnatilgan. 

Attraktsion muallifi belgiyalik rassom Karsten Xyoller bo‘lib, u 2015 yilda Teyt Modern galereyasi uchun tepalik yaratgan. Yangi konstruksiyani qurish uchun 9 hafta talab etildi.

Attraktsionga tomosha maydonchasi yoki markaziy lift orqali tushish mumkin. Mehmonlarga tirsakka qo‘yiladigan maxsus himoya vositasi va shlemlar beriladi. Pastga tushish 40 soniyaga yaqinni oladi, bu vaqt ichida atrtraktsionda uchayotganlar minorani 12 marta aylanib chiqishadi. Shaffof panellar evaziga shaharning manzaralarini tezda tomosha qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: