London meri shaharga sarmoya kiritishdan cho‘chimaslikka chaqirmoqda

Jahon 18:36 / 24.06.2016 4154

London shahri meri Sodiq Xon sarmoyadorlarni, Buyuk Britaniya poytaxtiga sarmoya kiritishdan qo‘rqmaslikka chaqirib, YeI tarkibidan kichik yo‘qotishlar bilan chiqish zarurligini ta'kidlagan. 

"Hozircha oqibatlarni tahlil qilishga erta, ammo men sarmoyadorlarga eslatib qo‘ymoqchimanki, London buyuk shahar, Buyuk Britaniya buyuk davlat. Xalq xohishi bajarilishi kerak. Shunga ko‘ra, biz YeIdan chiqamiz, biroq buni to‘g‘ri amalga oshirishimiz kerak", — degan Sodiq Xon Sky News telekanaliga bergan intervyusida. 

U, britaniyaliklarning tanlovidan afsus bildirar ekan, hayot shu bilan to‘xtab qolmasligini ta'kidlagan.

Google image

Ko‘proq yangiliklar: