Lippi o‘g‘li agent bo‘lgani uchun Italiya terma jamoasida ishlash taklifini rad etdi

Sport 10:01 / 24.06.2016 2754

Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Marchello Lippi terma jamoaga texnik direktor lavozimida qaytishga rozilik bildirmadi.

Bu boradagi muzokaralarning to‘xtatilishiga Marchello Lippining o‘g‘li Davide Lippi futbol agenti sifatida faoliyat ko‘rsatishi sabab bo‘ldi. Reglament 68 yoshli mutaxasisga bu holatda terma jamoada ishlashga yo‘l bermaydi.

Bundan oldinroq Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Karlo Tavekkio Lippini terma jamoada ko‘rishni juda istayotgani, federal sudga murojaat qilib, vaziyatga aralashishni so‘rashi haqida ma'lum qilingandi. Ammo Lippining o‘zi muzokaralarni to‘xtatishga qaror qilgan.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: