Qozog‘iston 1 iyuldan Ukraina mahsulotlarini Rossiya orqali olib kirmaydi

Jahon 17:40 / 24.06.2016 7765

Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi, Ukraina hududidan mahsulotlar yetkazuvchi yuk tashuvchilarga o‘z tavsiyasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, ular shu yilning 1 iyulidan boshlab, yuklarni Rossiya orqali olib o‘tmasliklari lozim. 

"Qozog‘iston respublikasi taraqqiyot vazirligi, Ukrainadan Qozog‘istonga xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshiruvchilarga murojaat qilib, yuklarni ikki yo‘nalishdan biri orqali yetkazishni tavsiya qiladi: Gruziya, Ozarbayjon va Kaspiy dengizi orqali Oqtov portiga yoki Turkiya, Eron, Turkmaniston va O‘zbekiston orqali Qozog‘istonga", -deyiladi vazirlik xabarida. 

RF prezidenti Vladimir Putin 2016 yil 1 yanvaridan Ukrainaga nisbatan erkin savdo shartnomasi bekor qilinishi munosabati bilan, Ukrainadan Qozog‘istonga yuklarning Rossiya orqali olib o‘tilishida, RF iqtisodiy xavfsizligi va milliy manfaatlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi. 

Unga ko‘ra, joriy yil 1 iyuliga qadar, bu kabi yuk tashishlar faqatgina Belorussiya orqali amalga oshirilishi mumkin edi.

Ko‘proq yangiliklar: