Qatar jahon chempionati saralashiga Shveytsariyada tayyorgarlik ko‘radi

Sport 10:12 / 24.06.2016 3022

Jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qatar terma jamoasi saralash o‘yinlariga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini Shveytsariyada o‘tkazadi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasining rasmiy sayti ma'lum qilgan.

Manbada aytilishicha, Qatar Shveytsariyada Iroq, Tayland, Iordaniya terma jamoalari va Ispaniyaning «Real Betis» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashadi. Daniyel Karreno shogirdlari saralashning birinchi turida 1 sentabr kuni Eronga qarshi maydonga tushadi. Besh kun o‘tib O‘zbekiston Qatar mehmoni bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: