AQShning Kaliforniya shtatida, Tinch okeani sohilidan bir necha mil uzoqlikda neft quvuridan 110 ming litrdan ko‘proq (700 barrel) neft oqib ketdi, deb ma'lum qildi Ventura okrugi o‘t o‘chirish xizmati.
O‘t o‘chiruvchilar neftning okeanga tushishining oldini olishdi, deb ma'lum qildi Los Angeles Times. Dastlab oqib ketgan neft hajmi 5 ming barrelga baholanayotgan edi. Neft oqishi kanondan 0,8 km berida yuz bergan. "Neftning tortib olinishi to‘xtatildi. U okeanga yetib borishining hech qanday imkoniyati yo‘q. Hozir tozalash ishlari olib borilmoqda", deb aytdi o‘t o‘chiruvchilar vakili Marisol Rodriges.
Loc-Anjyeles va Santa-Barbara o‘rtasidagi sohil bo‘yidagi shaharchada neft oqib ketgani 23 iyun ertalabki payt ma'lum bo‘lgan. Neft soyning qurib qolgan irmog‘i bo‘yicha oqqan, biroq sohilga yetib bormagan. Neft Aera Energ, quvur esa Kaliforniya va Luiziana shtatlarida ishlovchi hamda 1600 km uzunlikdagi quvurlarga ega Crimson Pipeline kompaniyasiga tegishli.