Italiyadagi Yezolo kurorti yomg‘ir uchun tovon puli to‘lashga va'da berdi. Tegishli qarorni mahalliy sayyohlik sohasi mutassadilari qabul qildilar.
"Toblan yoki pulingni qaytarib ol" sxemasiga ko‘ra plyajda xordiq chiqarish ixlosmandlariga Yezolodagi ikki plyajda ham yomg‘irli havo bo‘ladigan bo‘lsa, shezlong va quyoshdan saqlovchi soyabonni ijaraga olish uchun to‘lagan pullari qaytarib beriladi.
Bunday xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lganlar plyajda o‘z joylarini onlayn bronlashlari va standart narxdan 1 yevro ko‘proq pul to‘lashlari kerak bo‘ladi. Agar soat 11:00 dan 17:00 gacha har soatda 3 mm dan ko‘proq yomg‘ir yog‘sa, to‘langan pul to‘liq qaytariladi.
Shu tariqa Yezologa ko‘proq sayyohlarni jalb qilishga umid qilinmoqda.