Independent: Brexit Yevropa orzusiga nuqta qo‘ydi

Jahon 15:30 / 24.06.2016 8785

Britaniya xalqining Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi qarori, Yevropa orzusiga nuqta qo‘ydi, deb yozadi The Independent.

Manbada Britaniya tashqi ishlar vaziri Edvard Greyning Birinchi jahon urushi arafasida aytgan so‘zlari yodga olingan: "Butun Yevropa uzra chiroqlar o‘chmoqda". Referendum natijalarini kuzatgan maqola  muallifi, bu so‘zlar ushbu qit'adagi hozirgi ahvolga juda mos keladi, degan xulosa qilgan. 

Sharhlovchi Yevropa loyihasi o‘zining 60 yillik tarixi davomida eng halokatli mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi. YeI a'zosi bo‘lgan hech bir mamlakat, shu paytgacha mazkur blokni tark etmagan. Bu yerda gap - YeI aholisining 10 foizi istiqomat qiluvchi va blok YaIMning beshdan bir qismini ishlab chiqaruvchi Buyuk Britaniya kabi katta davlat haqida ketmoqda.

Brexit bilan bog‘liq shokdan so‘ng, Yevropa mamlakatlari YeI Britaniyasiz ham gullab-yashnashi mumkinligini ta'kidlay boshlashadi. Biroq referendum Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya va hattoki Fransiyada zanjir reaksiyasiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Endilikda, YeI kelajagi borasida bahs-munozaralar yuzaga kelishi aniq, deb hisoblaydi muallif.

Ko‘proq yangiliklar: