XXR TIV: Xitoy Britaniya xalqining referendumdagi tanlovini hurmat qiladi

Jahon 16:04 / 24.06.2016 4389

XXR TIV rasmiy vakili Xua Chunin, Xitoy Britaniya xalqining Yevropa Ittifoqidan chiqishiga (Brexit)  doir referendumdagi tanlovini hurmat qilishini ma'lum qildi. 

23 iyun kuni Buyuk Britaniyada mamlakatning YeIdan chiqishiga bog‘liq referendum bo‘lib o‘tdi. Unda, mamlakatning ittifoqdan chiqish tarafdorlari g‘alaba qozonishdi. 

"Xitoy referendum natijalaridan xabardor. Biz Britaniya xalqi tanlovini hurmat qilamiz", - degan Xua Chunin. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy xalqi Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari iloji boricha tezroq kelishuv muzokaralarini o‘tkazishiga umid bildiradi. 

"Biz turli sohalardagi pragmatik hamkorligimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Ishonchimiz komilki, taraqqiyot davom etadi", - qo‘shimcha qilgan Xua Chunin.

Ko‘proq yangiliklar: