Yevroparlament rahbari Brexit natijasini muhokama etadi

Jahon 12:28 / 24.06.2016 4620

Yevropa parlamenti rahbari Martin Shults GFR kansleri Angela Merkel bilan Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijasini muhokama etadi. Unda Brexit tashkilotning boshqa a'zolariga ham salbiy ta'sir etishini qanday qilib bartaraf etish masalasida fikr almashiladi. 

"Yevroskeptiklar o‘ylayotgan zanjir reaksiyasi yuz bermaydi. Albatta, salbiy oqibatlar bo‘ladi, ammo boshqa davlatlar ham ushbu xavfli yo‘ldan borishni xohlashadi, deb o‘ylamayman", — deya Shults so‘zlarini keltiradi Frans Press agentligi. 

U, shuningdek, referendum natijalaridan hayron qolmaganini qo‘shimcha qilgan. 

"Men o‘zimni yo‘qotib qo‘yganim yo‘q. Biz bunga tayyor edik", — degan Yevroparlament rahbari. 

Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqish g‘oyasini ovoz beruvchilarning 51,9 foizi qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘proq yangiliklar: