Estoniya Konservativ xalq partiyasi yetakchisi Mart Xelme Tallin mamlakatning Yevroittifoq bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini ma'lum qildi. U Buyuk Britaniyadagi referendumda YeIdan chiqish tarafdorlarining g‘alabasiga izoh berdi, deya ma'lum qildi Postimees.ee portali.
"Agar biz va'da qilingan emas, haqiqatda mavjud bo‘lgan YeIning bir qismi bo‘lishni istasak, u holda xalqqa variantlarni adolatli ko‘rsatish va a'zolikka yangi mandat so‘rashimiz kerak. Aslida eston xalqidan "o‘z davlatimizdan voz kechishni istaymizmi yo istamaymizmi?" deb yana bir marta so‘rab ko‘rish lozim. Referendum - bu borada eng yaxshi variant", - deya ma'lum qildi Xelme.
Uning fikricha, Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan saylov Yevropadagi demokratiya va xalq suverenitetini qayta tiklash uchun xayrlidir. Siyosatchi Yevroittifoqning asosiy muammolari sifatida demokratiya tanqisligining o‘sishi va iqtisodiy turg‘unlikni qayd etdi.
Foto: postimees.ee