Gibraltarda YeI tarkibida qolish yoki chiqish borasida o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, 95,9 foiz ovoz beruvchi unda qolishni ma'qul ko‘rgan. Buyuk Britaniyaning ushbu hududida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini okrug saylov komissiyasi ma'lum qilgan. YeIdan chiqishni yoqlab ovoz berganlar miqdori esa 4,1 foizni tashkil etgan.
Gibraltar Buyuk Britaniyaning 382 ta mahalliy saylov hududi orasidan birinchilardan bo‘lib ovoz berish jarayonini tugatdi.