Shotlandiya hukumati rahbari Nikola Sterjyenning bayonotiga ko‘ra, uning mamlakati o‘z kelajagini YeI tarkibida ko‘rmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
«Shotlandiya ovoz berish jarayonida o‘z kelajagini YeI doirasida qurish niyatini yaqqol namoyon etdi. Biz o‘zimizning qarashimizni keskin namoyish etdik», — degan Shotlandiya bosh vaziri.
Avvalroq, Shimoliy Irlandiya millatchi partiyasi «Shinn Feyn» rahbari Deklan Kerni, Brexit bo‘yicha referendum natijasiga oid fikrlarini bildirgan edi.
Unga ko‘ra, Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqib, YeI tarkibidagi Irlandiyaga qo‘shilish masalasida alohida referendum o‘tkazishi mumkin.