Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan referendumga ko‘ra, mamlakatning YeI tarkibidan chiqish ehtimoli kuchayib borayotgani, Tokio fond bozoriga salbiy ta'sir ko‘rsata boshladi. Uning ko‘rsatkichlari jiddiy ravishda pasayib bormoqda.
Xususan, mamlakatning 225 ta yetakchi kompaniyasi aksiyalari qiymatiga oid Nikkei indeksi, savdolarning ikkinchi sessiyasi boshlanishida 6,25 foizga yoki 15226,70 punktgacha tushib ketdi. Birjaning birinchi elita guruhidagi barcha kompaniyalar aksiyalarini aks ettiruvchi TOPIX indeksi esa 6,37 foiz, ya'ni 1215,95 punktgacha pasaygan.
Tokio fond bozorlari ishtirokchilari, Birlashgan Qirollikning YeI tarkibidan chiqish ehtimoli, iyen kursini birdaniga mustahkamlab, yapon kompaniyalariga salbiy ta'sir etishidan xavotir bildirmoqdalar.
"Bugun kotirovkalar va valyuta kurslarining tushib-chiqishini kuzatishimiz mumkin, chunki Britaniya referendumi natijasini oldindan aniq bashorat qilib bo‘lmaydi", - degan Daiwa Securities tahlilchisi Yusaka Itasaka.