So‘rov: Buyuk Britaniyada YeIda qolishni yoqlab ovoz berganlar ko‘pchilikni tashkil etdi

Jahon 04:34 / 24.06.2016 5926

23 iyun kuni Buyuk Britaniyada Qirollikning Yevroittifoqda qolish-qolmasligi borasida o‘tkazilgan so‘rovnomaning ilk natijalariga ko‘ra, mamlakatning YeIda qolishini yoqlab ovoz berganlar soni ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bu haqda Sky News telekanaliga so‘rov natijalarini yuborgan YouGov ijtimoiy xizmati ma'lum qilgan.

Mamlakatning YeI tarkibida qolishini yoqlab berilgan ovozlar soni 52 foizni, qarshilar soni esa 48 foizni tashkil etmoqda. Ushbu so‘rov 23 iyun, kun davomida va yoqlab ovoz berganlar hamda qarshilar o‘rtasida muqobil tarzda o‘tkazilgan.

Ipsos MORI kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir so‘rov natijasiga ko‘ra, yoqlovchilar va qarshilar o‘rtasida sezilarli farq kuzatilgan.

Kompaniya rahbari Ben Peyj o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida qolishini yoqlab ovoz berganlar ko‘rsatkichi 54 foizni, qarshilar ko‘rsatkichi esa 46 foizni tashkil etgan.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron YeIga qolishni yoqlab ovoz berganlarga tashakkur bildirgan.

«Britaniyani Yevropadagi kuchli, xavfsiz va eng yaxshi davlat sifatida saqlab qolishni yoqlab ovoz berganlarga o‘z tashakkurimni izhor etaman. Shuningdek, uni a'zolikka yoqlab ovoz bergan minglab insonlarga ham rahmat», — deb yozgan u o‘z tvitterida.

Ko‘proq yangiliklar: