Brexit Rossiya rublining qadrsizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin

Iqtisodiyot 17:16 / 24.06.2016 9269

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning fikricha, Buyuk Britaniyadagi referendum natijalari jahon bozorlarida narxlarning keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bu esa, neft narxi tushishiga va natijada Rossiya rublining yanada qadrsizlanishiga olib keladi, deb xabar qilmoqda Rambler yangiliklar xizmati.

«Rossiya uchun bu neftning arzonlashuvi hamda rublning zaiflashuvi, fond bozorlarining keskin o‘zgarishlarini anglatadi. Bular qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, ushbu hodisalar, ichki iqtisodiy o‘sish sur'atlariga unchalik ham ta'sir qilmasligi kerak», — degan Moliya vaziri.

Biroq, Siluanov birgina salbiy holat, ko‘pgina jiddiy talofatlarga sabab bo‘lishini ham inkor etmayapti. 

Avvalroq, Rossiya banki Brexitdan Rossiya uchun biron jiddiy xatar ko‘rmayotganini aytgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: