Londonning sobiq meri, Devid Kemeronning iste'foga chiqishi haqidagi xabardan keyin uning o‘rniga Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lish uchun asosiy nomzod sifatida qaralayotgan Boris Jonson Brexit bo‘yicha referendum natijalari e'lon qilinganidan keyingi chiqishi vaqtida Buyuk Britaniya bundan keyin ham Yevropaning bir qismi bo‘lib qolajagi haqida aytdi.
"Yevropa Ittifoqi o‘z vaqtida yaxshi g‘oya edi. Ammo u endi bu mamlakat uchun emas... Biz Yevropaning bir qismi bo‘lib qolamiz. Buyuk Britaniya bundan keyin ham internatsional va ochiq davlat bo‘lib qoladi. Lekin biz biroz masofa saqlaymiz", degan Jonson.
U shuningdek, amaldagi bosh vazir Devid Kemeron bilan Lissabon kelishuvining 50-moddasini zudlik bilan joriy etish bo‘yicha fikrda yakdil ekanini bildirgan.
"Men bosh vazir bilan bir fikrdaman. Shoshilish kerak emas. Kelishuvning 50-moddasini ishga tushirish kerak", degan u.
Yevropa Ittifoqi haqidagi Lissabon shartnomasining 50-moddasiga ko‘ra, istalgan a'zo davlat blok tarkibini tark etish huquqiga ega. Moddada bu jarayon tarkibi keltirilgan.
Jonson shuningdek, Brexit yaqin vaqt ichida deyarli hech narsani o‘zgartirmasligini bildirgan.
Surat © AP Photo/ Kirsty Wigglesworth