Kanadaning BlackBerry kompaniyasining hisobotlariga ko‘ra, 2016-2017 moliyaviy yilining 31 may kuni tugagan birinchi choragida 670 million dollar sof zarar ko‘rdi.
Ko‘rilgan zarar aksiyalarga nisbatan 1,28 dollarni tashkil etdi, o‘tgan yili esa bu 0,1 dollarni tashkil etgan edi. Shuningdek, mutaxassislar zararning qiymatini aksiyaga nisbatan 0,07 dollarni tashkil etishini taxmin qilishgan edi.
Kompaniya daromadi hisobot davrida 39,2 foizga — 400 million dollarga qisqardi. Daromadning 48,8 foizi Shimoliy Amerika mamlakatlariga, 38,7 foizi Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika, 10 foizi — Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga va 2,5 foizi esa — Janubiy Amerika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
BlackBerry esa bozorda o‘z ulushini va daromadini oshirish uchun sarmoyalar kiritishda davom ettishni rejalashtirmoqda. Butun moliyaviy yil natijasiga ko‘ra, BlackBerry dasturiy ta'minot va xizmatlar sektoridagi o‘z ulushini 30 foizga oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, bu rejalar kompaniyaning zararini aksiyaga nisbatan 0,15 dollarga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Birinchi chorak yakuniga ko‘ra, zararning ko‘rsatkichi aksiyaga nisbatan 0,45 dollarga to‘g‘ri kelgan.