Oshpazlar odatiy taomlarga o‘zgacha va noan'anaviy ko‘rinishlar o‘ylab topishda tinim bilishmaydi. Bu safar ular barchaga tanish bo‘lgan yapon sushisi va amerika kulchalari (dankin donats)ni sinovdan o‘tkazishdi: kulcha ko‘rinishidagi mazali sushiga nima deysiz?
Bunday taom har qanday kishini ishtahasini qitiqlashi aniq. Bir qaraganda, tepa qismida qiyom va noodatiy mastika bordek tuyuladi, aslida esa u baliq va vasabidir. Aylana shaklida yasalgan sushilar oddiy ko‘rinsada, bu taom chinakam san'at asari kabi insonga yaxshi kayfiyat ulashadi.