Otishma Anqarada joylashgan universitetning tibbiyot fakultetida kelib chiqqan. Buning natijasida uch kishi halok bo‘lib, bir kishi yaralangan, deb xabar bermoqda Cumhuriet.
Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, otishmani mahalliy dorixonachi bir guruh erkaklar bilan janjallashib qolgach, sodir etgan. U ichkaridan miltiq olib chiqqan va odamlarga qarata o‘q uzgan.
Voqea joyi politsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan.