Anqaradagi universitet shifoxonasida chiqqan otishma oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 nafarga yetdi. Bu haqda “Frans Press” xabar bermoqda.
Avvalroq uch kishi halok bo‘lib, bir kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Dogan agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, dorixona xodimi bir to‘da erkaklar bilan janjallashib qoladi. Shundan so‘ng, ichkaridan qurol olib chiqib, ularga qarata o‘t ochadi. Uch kishi voqea joyida halok bo‘ladi.
“Frans Press” agentligi bergan ma'lumotga ko‘ra, bir kishi olgan jarohatlaridan biroz vaqt o‘tib, halok bo‘lgan.
Politsiya Enver T. ismli shaxsni qo‘lga olgan. Uning aytishicha, hamkasblari uni o‘g‘irlikda ayblashgan. Shundan so‘ng u ularga qarata o‘t ochgan.
Foto: Flickr/ Matt Perreault