Angliya banki Buyuk Britaniyani qo‘llab-quvvatlash uchun 250 mlrd funt sterling ajratadi

Iqtisodiyot 21:52 / 24.06.2016 6271

Angliya banki boshqaruvchisi Mark Karni bank Buyuk Britaniya moliya vazirligi bilan birga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishi vaziyatida favqulodda harakatlar rejasini avvaldan tayyorlab qo‘ganini ma'lum qildi. Bu haqda bank matbuot bayonotida aytilgan.  

"Bank bozorlarning normal ishlashini ta'minlash uchun oraliq qaror sifatida o‘z zaxiralaridan 250 mlrd funt sterling qo‘shimcha ajratadi. Zarurat bo‘lsa, Angliya banki xorijiy valyutada katta qiymatdagi mablag‘lar taqdim qilishi mumkin", deb  aytdi Karni.

Uning aytishicha, Angliya banki Buyuk Britaniya YeIdan chiqqandan keyin mamlakatning monetar va moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun "bozor va iqtisodiyot yangi voqelikka moslashguncha" bo‘lgan davrda  "barcha kerakli choralarni ko‘radi".

Ko‘proq yangiliklar: