Andrey Voronin futbolchilarga: «G‘arbga keting, Ukraina va Rossiyada futbol yo‘q»

Sport 09:53 / 24.06.2016 4856

Ukraina terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Voronin futbolchilarni rivojlanishni istashsa, Yevropaga yo‘l olishga chaqirdi.

«Barcha ketishi kerak. Futbol – chegaralar ortida. Biz tomonlarda esa futbol yo‘q. Sobiq Ittifoq parchalanganida, futbol ham tamom bo‘lgandi.

Rossiyada, Ukrainada pul ishlab topish mumkin, ammo futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Futbol yo‘q va buni bu yerdagilarning barchasi yaxshi biladi. Bu mamlakat jamoalari YeChLda ishtirok etayotganida futbol qanaqa bo‘lishini ko‘rishadi.

Bu yerda stadionlarga 50 000 kishi emas, 5000 kishi keladi. Va ular futbolchilarni so‘kish uchun kelishadi. Qachonki, o‘yinlarga 5000 kishi emas, 5000 kishi kelsa va tribunalardagi bolalar so‘kinishlarni eshitishmasa, man bu futbol. Shunga intilish kerak», — degan Voronin.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: