O‘zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Parijdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston 16:15 / 23.06.2016 4320

Jahon banki Xalqaro investitsiya nizolarini hal etish markazining 50 yillik yubeliyiga bag‘ishlangan Parij shahrida o‘tayotgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqda. Konfenrentsiyada 30dan ortiq davlatlarning 100dan ortiq vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur markaz jahon miqyosida shunday turdagi nizolarni ko‘rib chiquvchi o‘ta nufuzli tashkilot hisoblanadi.

Bir qator investorlarning jinoiy qilmishlari tufayli mamlakatda faoliyati tugatilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga qarshi da'volarini mazkur markazga kiritgan edi. Markaz tomonidan masala har taraflama, chuqur va uzoq vaqt ko‘rib chiqilganidan so‘ng asosli va obektiv tarzda qaror O‘zbekiston foydasiga qabul qilingan edi. 

Ekspertlarning fikricha, bunday qarorlar ayni paytda O‘zbekistondagi investitsiya muhitini shubha ostiga olmoqchi, obro‘sizlantirmoqchi bo‘lganlarga qarshi muhim xalqaro qaror, dalil ham hisoblanadi.

Shu bilan birga O‘zbekistonda o‘z manfaatlarini xalqaro miqyosda himoya qilish bo‘yicha samarali tizim yaratilganini ko‘rsatadi. Bunda Adliya vazirligiga bunday nizolar ko‘rib chiqilishida mamlakat manfaatlarini ifodlalash, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yuklatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: