Tramp Klintonni dunyo darajasidagi yolg‘onchi deb atadi

Jahon 01:51 / 23.06.2016 5635

AQShning sobiq Davlat kotibi AQSh prezidenti lavozimiga eng korrupsiyalashgan nomzod hisoblanadi, deb aytdi Donald Tramp. Tramp bunday ayblovni Nyu-Yorkdagi nutqida bildirdi.

Tramp Klintonni "dunyo darajasidagi yolg‘onchi" va "ehtimol AQSh prezidenti lavozimiga intilgan eng korrupsiyalashgan odam bo‘lsa kerak" deb aytdi.

"Xillari Klinton shaxsiy boylik orttirish va o‘g‘rilik siyosatini mukammallikka yetkazgan. U Davlat departamentidan xuddi o‘zining xej-fondidek foydalangan – pullar evaziga zulmkor tuzumlarga homiylik qilgan. Davlat departamentidan ketganda Uoll-strit bankirlari va alohida manfaatdor guruhlar oldida chiqib, ikki yil ichida 21,6 mln dollar ishlab olgan. Bu nutqlar maxfiy bo‘lgan va Klinton ularning mazmunini keng jamoatchilikka oshkor qilishni istamaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Tramp. Uning aytishicha, 201 yilda Xillari va uning turmush o‘rtog‘i shunday ma'ruzalar bilan 153 mln dollar ishlab olgan.

Tramp Klintonni AQShda anchadan beri "pishib turgan"  o‘zgarishlar bo‘yicha qotib qolgani va qarshilik ko‘rsatishda aybladi. "Uning fikrlashi eskicha va siyqasi chiqqan. U buyumlar tartibini o‘zgartirib bo‘lmaydi, deydi. Men esa buyumlar tartibini o‘zgartirish kerak, deyman. Ehtimol, bu, o‘zgarishlarga erishish uchun bizning qolgan yagona imkoniyatimizdir", deb aytdi Tramp.

Ko‘proq yangiliklar: