Toshkentda kuchsiz zilzila qayd etildi

O‘zbekiston 18:22 / 23.06.2016 15305

23 iyun kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:00da Toshkent shahrida kuchsiz zilzila sezildi.

«Toshkent» markaziy seysmostatsiyasi xabariga ko‘ra zilzila kuchi 2 ball bo‘lgan.

Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologi markazi ma'lumotiga ko‘ra, zilzila epimarkazi Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida joylashgan. Zilzila o‘chog‘i Toshkent shahridan 517 kilometr masofada bo‘lgan.

Zilzila markazida uning magnitudasi 5,4 ballni tashkil etgan, chuqurligi - 200 kilometr.

Ko‘proq yangiliklar: