Rossiya, XXR va Mo‘g‘uliston o‘rtasida iqtisodiy yo‘lak dasturi amal qiladi

Jahon 18:55 / 23.06.2016 7029

Rossiya, Xitoy va Mo‘g‘uliston davlat rahbarlari - Vladimir Putin, Si Tszinpin va Tsaxiagiyn Elbegdorj - uchtomonlama muzokaralar natijasida mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy yo‘lak barpo etish Dasturini qabul qilishdi. 

Shu bilan birga, RF federal bojxona xizmati, XXR bojxona bosh boshqarmasi hamda Mo‘g‘uliston bojxona-soliq bosh boshqarmalari o‘rtasida, ayrim turdagi mahsulotlarga oid bojxona nazorati natijalarini o‘zaro qabul qilish to‘g‘risidagi kelishuv imzolangan. 

Davlat rahbarlari, ShHTning yubiley sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib kelishgan edi. 

Qayd etish joizki, Rossiya - Xitoy - Mo‘g‘uliston shaklidagi oliy darajadagi uchrashuv ShHT sammiti doirasida uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Bundan avval, davlat rahbarlari 2014 yili Dushanbeda, 2015 yili Ufada uchrashgan edilar.

Ko‘proq yangiliklar: