Putin Hindiston va Pokistonning ShHTga qo‘shilishi borasida fikrlarini bildirdi

Jahon 14:29 / 23.06.2016 10932

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, Hindiston va Pokiston davlatlarining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo‘lishi, birlashmani mintaqadagi yanada qudratli, obro‘li va ta'sirli tashkilotga aylantiradi. 

RF davlat rahbari Xitoyga safari oldidan "Sinxua" axborot agentligiga bergan intervyusida ShHT faoliyatiga, uning kengayishiga oid qarashlarini bildirgan. 

Putinning yodga olishicha, ushbu ikki davlatni tashkilotga qabul qilish qarori 2015 yili Ufada bo‘lib o‘tgan sammitda qabul qilingan. "Toshkent anjumanida bu qaror yanada mustahkamlanadi, boshqa mamlakatlarning ham a'zo bo‘lish istagi muhokama etiladi", - degan Rossiya yetakchisi.

"Xalqaro maydondagi vaziyat murakkab va ko‘pqirralidir. Va bizning tashkilotga, u yoki bu xalqaro muammolarga nisbatan turli qarashlar va yechimlarga ega davlatlarning a'zo bo‘lishi, ayni masalalarga barham bermasa-da, ularni hal etish uchun o‘ziga xos sharoit yaratadi, - deya ishonch bildirgan davlat rahbari. -Biz shunga umid qilmoqdamiz".

Ko‘proq yangiliklar: