Poroshenko Ukraina temir yo‘llarini xususiylashtirishni taqiqladi

Jahon 18:48 / 23.06.2016 4077

Ukraina davlat rahbari Petr Poroshenko 22 iyun kuni, «Ukraina temir yo‘llari»ni xususiylashtirish taqiqlangan korxonalar ro‘yxatiga kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda UNIAN agentligi. Ushbu qonun loyihasi 2 iyunda Oliy rada tomonidan qabul qilingan edi. 

Hujjatga taqdim etilgan sharhda qayd etilishicha, qonundan ko‘zlangan maqsad, Ukraina temir yo‘l transporti davlat boshqarmasi negizida tashkil etilgan «Ukrzaliznytsya» korxonasining 100 foiz aktivlarini davlat hisobiga o‘tkazish va mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashdan iboratdir. 

O‘tgan yil may oyida «Ukrzaliznytsya» kreditorlari oldida texnik defoltni e'lon qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: