Panamada A(H1N1) grippining avj olishi qurbonlari 29 kishiga yetdi, 400 dan ko‘proq odam shu tashxis bilan shifoxonaga yotqazilgan. Bu haqda Panama sog‘liqni saqlash vazirligi 22 iyunda ma'lum qildi. Joriy oy boshida mamlakatda epidemiologik trevoga e'lon qilingandi.
22 apreldan beri 1,2 mln panamalik grippdan emlangan, bu esa mamlakatning chorakdan ko‘proq qismini tashkil qiladi. Ayni vaqtda 1 mln doza miqdorida qo‘shimcha vaksinalar partiyasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Kasallikning avj olishi ortida Panama sog‘liqni saqlash vaziri Xaver Terrentes shu oy iste'foga ketkazilgan. Yangi vazir Migel Mayo mamlakat prezidenti Xuan Karlos Vareloy tomonidan e'lon qilingan umumiy vaksinatsiya bo‘yicha kampaniyani yakunlashi kerak bo‘ladi.
Panamalik mutaxassislarning ko‘rsatishicha, grippning har yili avj olishi aholining 5-20 foiziga ta'sir qiladi va epidemiya boshlangani haqida aytishga hali erta. Biroq hukumat vaziyatning rivojlanishini e'tibor bilan kuzatmoqda. Joriy yil yanvarida Panama hukumati Chiriki viloyatida A(H1N1) grippining tarqalishi bo‘yicha epidemiologik trevoga e'lon qilgandi.