OAV: Ukraina AQSh kafilligi ostida avgust oyida 1 milliard dollar yevrobond chiqaradi

Jahon 17:55 / 23.06.2016 4673

Ukraina avgust oyida AQSh hukumati kafilligi ostida 1 milliard dollar yevrobond emissiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqida hukumat manbasiga asoslanib UNIAN xabar qildi. 

"Biz uni avgustda chiqarishni mo‘ljallayapmiz. O‘ylaymizki, bu emissiya uchun omadli vaqt bo‘ladi", - deydi manba. 

U Ukraina bond emissiyasiga qadar Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan 2015 yilning martida qabul qilingan islohotlarning to‘rt yillik dasturini ikkinchi marta ko‘rib chiqishiga doir muzokaralarini tugatishi va mulkni elektron dekloratsiyalash tizimini ishga tushirishi kerakligiga e'tiborni qaratdi.

Bosh vazir Vladimir Groysman avval XVFning Ukrainaga 2016 yilda 1,7 milliard dollar ajratmoqchi ekanligi haqida ma'lum qilgan edi. Bunda hukumat rahbari moliyaviy yordamning ikki transhga bo‘linishiga oydinlik kiritmagan. 

XVF Direktorlar kengashi majlisining o‘tkazilish muddati hozircha tasdiqlanmadi.

Ko‘proq yangiliklar: