Xitoyning Xeyluntszyan provinsiyasida qotiligi uchun 22 yil qidiruvda bo‘lgan kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Tszisi shahri politsiyasining ma'lum qilishicha, Chjen sharifli erkak Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida qo‘lga olingan. U 1994 yilda qotillik sodir etganlikda gumon qilingan. Qotillikdan so‘ng, Van deya familiya olib, Tunlyao shahrida yashashni davom ettirmoqda.
U qo‘lga olinganidan so‘ng, aybini bo‘yniga olgan.