OAV: Afg‘onistonda "Tolibon"ning 100 dan ko‘proq jangarisi taslim bo‘ldi

Jahon 00:10 / 23.06.2016 5092

Afg‘oniston shimolidagi Jouzjon viloyatida "Tolibon" harakatining 115 nafar jangarisi hukumat kuchlariga taslim bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar berdi.

"Xavfsizlik kuchlarining 2 mingga yaqin jangchisi 22 iyunda Jouzjon viloyatini jangarilardan tozalash operatsiyasini boshlashdi. Operatsiya davomida "Tolibon"ning 115 nafar jangarisi qurolini tashlab, taslim bo‘ldi", deb ma'lum qilindi mahalliy politsiyada.

Huquq-tartibot kuchlari vakilining aytishicha, taslim bo‘lganlar orasida mahalliy toliblarning bir necha nafar yetakchisi bor. Hukumat jangarilar yaqin kunlarda taslim bo‘lishni davom ettirishlari mumkinligini aytmoqda.

"Tolibon" vakillari ayni vaqtda ushbu operatsiya bo‘yicha hech qanday bayonot bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: