Afg‘oniston shimoli-g‘arbida joylashgan Faryob viloyatidagi "Tolibon" harakatining 50 nafar jangarisi hukumatga taslim bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
"Ular 22 iyun kuni Davlatobod tumani hududida xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan", - deb bayonot bergan Afg‘on armiyasi vakili.
Bundan avvalroq, Juzjon viloyatida 115 nafar tolibon jangarilari qurollarini tashlab, taslim bo‘lgani xabar qilingan edi.
Hozircha, "Tolibon" harakati ushbu xabar bo‘yicha bayonot berganicha yo‘q.