Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Tsaxiagiyn Elbegdorj Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining Toshkentda o‘tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 23 iyun kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
ShHT sammiti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tadi. Unda ShHT faoliyatini me'yoriy-huquqiy jihatdan mustahkamlash, tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.