Xonanda Jasminning turmush o‘rtog‘i moldovalik tadbirkor Ilan Shor firibgarlik ishlari bo‘yicha qo‘lga olindi, deb xabar qiladi RIA «Novosti». Bu haqda prokuror Adriana Betsishor ma'lum qildi.
«Ilan Shor bankdagi firibgarlik bo‘yicha yangi ish bilan 72 soatga hibsga olindi. U qalloblik va pullarni o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Prokurorlar tuman sudidan Shorga 30 kun davomida dastlabki qamoq jazosini tayinlashni talab qilmoqda», — dedi Shorni so‘roq qilish ishlari yakunlanganidan so‘ng Betsishor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap korrupsiyada ayblangan Moldova sobiq bosh vaziri Vladimir Filatning ishiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan surishtiruv haqida ketmoqda.
2015 yilda xonanda Jasminning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga 1 milliard dollar olib chiqib ketgani uchun Moldovada qo‘lga olingan edi.