Microsoft kompaniyasi aloqasiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan Wallet dasturini taqdim etdi. Bu haqida korporatsiya blogida xabar berilmoqda.
Xizmatdan Windows 10 Mobile Insiders yangi talqinida foydalansa bo‘ladi. Shunday qilib, birinchi bosqichda yangilangan xizmatdan faqat sinov dasturiga safarbar qilingan kishilargina foydalanishi mumkin. Dastur katta bozorga eng muhim bo‘lgan Windows 10 yangilanishi bilan birga chiqishi kutilmoqda.
Wallet'ni ishlash tamoyili Apple Pay yoki Samsung Pay'ga o‘xshashdi: mobil qurilmalarda barcha foydalanuvchilarning to‘lov vositalari haqidagi ma'lumotlar saqlanib turadi. To‘lovni esa POS to‘lov terminali orqali smartfonda NFC moduli bilan amalga oshirish mumkin.
Dastur AQShda Lumia 950 XL, Lumia 950 va Lumia 650 smartfonlarida ishlaydi. Loyihani kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar haqida Microsoft hozirda hech qanday ma'lumot bergani yo‘q.