Noma'lum jinoyatchilar Madagaskar janubi-g‘arbida yo‘nalish avtobusiga hujum qilib, 31 kishini o‘ldirdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 21 iyunda yuz bergan. Avtobus salonida 32 yo‘lovchi bo‘lgan, faqatgina bir yo‘lovchi omon qolgan, u jiddiy jarohatlar olgan. Halok bo‘lganlar orasida 10 nafar bola bo‘lgan.
Hujum qilganlar 20 ga yaqin bo‘lgan. Ular yo‘lovchilarni tunab, ulardan 2 ming dollarga yaqin pul olib, voqea joyidan yashiringan.
Bungacha bir necha soat avval shu jinoyatchilar harbiy avtomobilga hujum qilgan.