Kuvayt sportchilarini musobaqadan chetlashtirgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ustidan shikoyat qildi

Sport 17:08 / 23.06.2016 3360

Kuvayt sportchilarini musobaqadan chetlashtirgani uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) ustidan Shveytsariya sudiga 1 mlrd dollarlik da'vo kiritdi. Bu haqda KUNA agentligi xabar bermoqda.

2015 yilning oktabr oyida Kuvayt Milliy olimpiya qo‘mitasi XOQ tomonidan uning ishlariga Kuvayt hukumati aralashgach, diskvalifikatsiya qilingan edi. Bu Quvaytda Olimpiya harakatini hukumat aralashuvisiz davom ettirish uchun tashlangan qadam edi. Avvalroq kuvaytlik sportchilarning 2016 yilda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga qatnashishni taqiqlovchi qaror o‘zgarmaganligi haqida ma'lum qilingan edi.

“Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Kuvayt hech qanday tekshiruvlarsiz xalqaro musobaqadan chetlashtirildi”, - dedi mamlakat axborot vaziri Salmon Al-Xamud Al-Saboh.

Ko‘proq yangiliklar: