Xabarlarga ko‘ra, Tokio shahri sohillarida raketa qoldiqlari topilgan. Taxmin qilinishicha, bu fevral oyida Shimoliy Koreya tomonidan fazoga uchirilgan raketaning bosh qismi bo‘lishi mumkin.
Raketa tashuvchisi bortida «Kvanmyonson» sun'iy yo‘ldoshini olib 7 fevralda parvoz qilgan edi. O‘shanda, Yaponiya hukumati raketani urib tushirish bilan tahdid qilib, Patriot tizimlarini jangovar shay holatga keltirgan edi. KXDR raketasidan nimalar qolganiga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.