Kanadaning Kalgari shahri 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazishga ariza bermoqchi

Sport 00:23 / 23.06.2016 2797

Kanadaning Kalgari shahri 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazishga ariza berish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda Globe and Mail gazetasi ma'lum qildi. 

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, shahar kengashi shaharning Olimpiadani o‘tkazishga ariza berish imkoniyatlarini o‘rganuvchi maxsus qo‘mitani shakllantirish uchun shahar byudjyetidan 5 mln Kanada dollari (3,9 mln dollar) ajratilishini ma'qulladi. 

2015 yilda Kalgari meri Naxid Nenshi shahar bu masalani muhokama qilishga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

Kalgari 1988 yilgi Olimpiadani qabul qilgan. 2026 yilgi Olimpiadani o‘tkazish huquqini olishga Stokgolm (Shvetsiya), Leyk-Plesid, Denver, Rino, Bozman va Ankorij (SShA), Olmaota (Qozog‘iston), Sapporo (Yaponiya), Shveytsariya kantonlarining jamoaviy arizasi, Drezden (Germaniya), Lvov (Ukraina), Trento va Aosta (Italiya), Tronxeym (Norvegiya), Patagoniya mintaqasi (Argentina) hamda Santyago (Chili) qatnashmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi. O‘yinlarning o‘tkaziladigan joyi 2019 yilda tanlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: