Xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonning yirik lizing kompaniyasi ulushiga ega bo‘ladi

O‘zbekiston 13:41 / 23.06.2016 5431

Janubiy Koreya kompaniyalari O‘zbekistonning yirik lizing kompaniyasi –  «O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» AJ nizom jamg‘armasi ulushini sotib oladi. Aktsionerlik jamiyatining 15 foizlik aksiyalari 7,8 mln AQSh dollariga baholangan. 

O‘zbekiston respublikasi aksionerlik jamiyatlari nizom jamg‘armalaridagi davlat hamda aksionerlik jamiyatlari ulushini koreys sarmoyadorlariga sotish bo‘yicha kelishuvga joriy yil 27-29 aprel kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-koreys biznes forumida erishilgan edi. 

«O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing» AJ 1999 yil oktabrida tashkil etilgan bo‘lib, texnikalarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga lizingga berish bilan shug‘ullanadi. 

Kompaniya so‘nggi 16 yilda lizing xizmatlarini ko‘rsatish bozorida yetakchi bo‘lib kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: