Xitoylik 35 yashar erkak sevgi haqi Pekindagi avtoyo‘lni 45 soat ichida bosib o‘tdi, deb xabar bermoqda Mashable.
Xitoylik o‘z marafonini “Ishonch va u uchun” deya nomladi. Yugurish jarayonida u mahalliy muxbirlarga hozir yolg‘iz ekanligini, shu sabab muhabbatini topish istagi borligini ma'lum qilgan.
Start oldi u o‘zining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “O‘z sevgan ishingizni qiling va ana shunda muhabbatingizni uchratasiz”, deb yozib qoldirdi.
U yugurish mobaynida bor yo‘g‘i uch soatgina hordiq chiqardi. Ayrim sportchilar unga dalda bo‘lish maqsadida hamroh bo‘lishdi.