23 iyun kuni Xitoyning sharqiy provinsiyasi bo‘lmish Tszyansuda tornado va do‘l yog‘ishi natijasida kamida 51 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Lyanshuy okrugida bir soat ichida 102 millimetr yog‘in yoqqan osadkov, Yanchen shahrida esa juda ko‘pchilik jabr ko‘rgan. U yerda shamol tezligi sekundiga 34,6 metrga yetgan. Kuchli shamol ko‘plab binolar va elektr tarmoqlariga shikast yetkazgan.
"Kuchli jala, do‘l va tornado Yanchen shahriga yoprilib kelib, ko‘plab turar-joy binolarini vayron etdi", - deyiladi ma'lumotda.
Mahalliy hukumat qurbonlar soni ortishidan xavotirda, chunki Tszyansu provinsiyasi aholi zich yashaydigan hudud sanaladi. Hukumat jabrlanganlarga atab shifoxonalar tayyorlab qo‘yishgan.
Bundan tashqari, nomi yuqorida tilga olingan hududlardagi ko‘chalar suv bilan to‘lgan.