Xitoy "Ipak yo‘li"ga 15 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Jahon 17:34 / 23.06.2016 7356

Xitoy firmalari "Ipak yo‘lining iqtisodiy belbog‘i"ga 15 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha, Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo va Yevropani tutashtirishi kerak. Bu haqda, XXR raisi Si Tszinpin bayonot berdi, deb xabar qilmoqda The South China Morning Post.

Xitoy yetakchisi, O‘zbekiston parlamenti deputatlari oldida qilgan chiqishida, «Yagona belbog‘, yagona yo‘l» loyihasi doirasida mintaqa kelajagiga oid qarashlarini bildirgan. Si Tszinpin shuningdek, mintaqa temiryo‘l transporti va energiyani tejash sohalariga yirik miqdorda xitoy sarmoyalarini va'da qilgan. 

Xitoy yetakchisi O‘zbekistonga Serbiya va Polshaga uyushtirgan safaridan so‘ng tashrif buyurdi. Rasmiy Pekin ushbu davlatlarni «Ipak yo‘li»ning muhim ishtirokchilari deb hisoblaydi. 

Markaziy, Janubiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bo‘ylab transport, energetika va savdo yo‘lagini barpo etish g‘oyasi 2013 yil sentabrida Si Tszinpinning Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida bildirilgan edi. Mazkur loyihada 70ta davlat va xalqaro tashkilotlar qatnashmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: