Germaniyadagi kinoteatrda otishma qilgan kimsa yo‘q qilindi

Jahon 22:44 / 23.06.2016 5848

Germaniyaning Firnxaym shahridagi kinoteatrlardan birida otishma sodir qilgan noma'lum kimsa politsiya xodimlari tomonidan yo‘q qilindi. Bu haqda Spiegel nashri o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida e'lon qilgan. Bu ma'lumotni voqea sodir bo‘lgan hudud hisoblanmish Gessen federal yeri ichki ishlar vaziri Peter Boyt tasdiqlagan.

Germaniya politsiyasining rasmiy vakili kinoteatrdagi otishmada o‘nlab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni inkor etdi. Bu haqda mahalliy televideniye xabar bergan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, politsiya otishma sodir qilgan kimsa asir olgan zahoti uni yo‘q qilgan. Hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: