Filippin qirg‘oqlarida Indoneziyaning 7 nafar fuqarosi o‘g‘irlandi

Jahon 14:38 / 23.06.2016 3486

Indoneziyaning kamida 7 nafar dengizchisi Filippin qirg‘oqlarida noma'lum kimsalar tomonidan asirlikka olindi. Bu haqida jurnalistlarga Samarinda porti rahbari polkovnik Yuus Kusmani xabar berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda "politsiya, qo‘shin va kema egasi bilan keyingi harakatlarga doir fikrlar muhokamasi boshlandi".

U kemaga taxminan Filippin janubiy hududlari yaqinidagi Sulu daryosida hujum uyushtirilgani va u yerda "Abu Sayyaf" terrorchi guruhi faoliyat ko‘rsatishini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, asirga olinganlarning qarindoshlaridan o‘zini "Abu Sayyaf" terrorchi guruhi jangarilari deb tanishtirgan jinoyatchilar deyarli 5 million dollar tovon puli talab qilishgan.

26 martdan 8 aprelga qadar Janubiy Xitoy dengizi va Sulu dengizi xalqaro hududida odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq uch hodisa sodir bo‘ldi. Bu hodisalar uchun javobgarlikni "Abu Sayyaf" terrorchi guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: