Erdo‘g‘an Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha referendum o‘tkazish bilan tahdid qildi

Jahon 07:20 / 23.06.2016 6125

Turkiya mamlakatga Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirish kerakligini aniqlash bo‘yicha referendum o‘tkazishi mumkin. Bu haqda 22 iyunda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

"Yevropa Ittifoqi bizni tahqirlamoqda. YeI bizga 1963 yilda rasman va'da bergan, biroq hali ham bu jarayonni tormozlamoqda. Agar YeI terrorchilik mavzusidan (turk aksilterrorchilik qonunchiligini o‘zgartirish) og‘ishsa, biz xalqqa vaziyatni oson tushuntiramiz. Va millatdan YeIga kirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish yoki yo‘qligini so‘raymiz", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an "Yevropa Turkiyani asosan musulmon davlat bo‘lgani uchun qabul qilishni istamayotganiga" va bunda tahqirlash alomati borligiga ishora qildi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, YeI rahbariyati "agar Turkiya qochqinlarga chegaralarni ochsa va ular Yevropaga qarab ketsa, nima bo‘lishini o‘ylab ko‘rishi kerakligini" eslatib o‘tdi. "Biz vizalarning bekor qilinishisiz avvalgidek yashayveramiz. Biroq Yevropa davlatlari hayotlari readmissiya haqidagi kelishuvga, u beradigan imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lgan millionlab qochqinlarning umidlari sinishi holatini sovuqqonlik bilan qabul qila olarmikin?", deb aytdi Erdo‘g‘an.  

Readmissiya (davlatning o‘z fuqarolarini ortga o‘z hududiga qabul qilishga roziligi) haqidagi kelishuv viza tartibini erkinlashtirishning muhim jihati hisoblanadi va Turkiya va YeI o‘rtasida noqonuniy migratsiya va terrorchilikka qarshi kurash sohasida kelishuvlarning amalga oshirilishiga samaradorlik qo‘shishi mumkin. Avvalroq Erdo‘g‘an vizalarning bekor qilinishi haqidagi muzokaralarning barbod bo‘lishi vaziyatida readmissiya haqidagi kelishuv Turkiya parlamentida o‘tmasligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: